ADABIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Abstract
Badiiy matnlar bilan ishlash jarayonida til va miya o‘rtasidagi uzviy munosabat adabiy savodxonlikni shakllantirishning asosiy neyropsixologik mexanizmi hisoblanadi. Chunki badiiy matn shunchaki ma’lumotlar yig‘indisi emas, balki ma’no, hissiyot, obraz va g‘oyalar tizimidir. Ularni idrok etish, anglash va shaxsiy munosabat shakllantirish uchun til orqali berilgan axborot miyada teran kognitiv va emotsional qayta ishlovdan o‘tadi. O‘quvchi matnni o‘qiganda, miyaning tilni qabul qilish, semantik tarmoqlarni faollashtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy munosabat bildirish kabi jarayonlari hamkorlikda ishlaydi. Miyada kechadigan ushbu jarayonlar orqali so‘zlar mazmunga aylanadi, mazmunlar g‘oyaga, g‘oyalar esa shaxsiy xulosaga olib keladi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Linguistics and Education Research
Language Acquisition and Education
Publication details
- Pages
- 130–132
- Publication date
- 14 January 2026