AGROSANOAT KOMPLEKSINING SHAKLLANISHI VA TARKIBIY TUZILMASINING IQTISODIY TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada agrosanoat kompleksining shakllanishi, uning tarkibiy tuzilmasi va iqtisodiyotdagi o‘rni tahlil etilgan. Tadqiqot davomida agrosanoat majmuasining asosiy tarmoqlari, ularning o‘zaro integratsiyasi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining rivojlanish tendensiyalari, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, bandlikni ta’minlashdagi ahamiyati va davlat agrar siyosatining asosiy yo‘nalishlari statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Maqolada yer resurslaridan samarali foydalanish, infratuzilmani rivojlantirish va bozor munosabatlari sharoitida agrosanoat majmuasining barqaror rivojlanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Fields of Study & Subjects
Agricultural Development and Policies
Agriculture and Agroindustry Studies
Agriculture Market Analysis Ukraine
Publication details
- Pages
- 17–21
- Publication date
- 17 January 2026