FONEMATIK ESHITUVNI RIVOJLANTIRISHNING NUTQ SHAKLLANISHIGA TA'SIRI
Abstract
Mazkur ishda fonematik eshituv tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda nutq shakllanish jarayonidagi o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida fonematik eshituvning tovush talaffuzi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilma va yozma nutq rivojiga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, fonematik eshituv yetarli darajada rivojlanmagan bolalarda uchraydigan nutq buzilishlari va ularning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Ishda fonematik eshituvni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik va logopedik usullar, didaktik o‘yinlar hamda mashg‘ulotlarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari fonematik eshituvni erta yoshdan rivojlantirish nutq buzilishlarining oldini olishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Language Development and Disorders
Reading and Literacy Development
Phonetics and Phonology Research
Publication details
- Pages
- 4–6
- Publication date
- 29 January 2026