INSONNING HAYOTIY TANLOV HODISASI

Read full text
Authors: S.S. Shukurulloyeva
Cited by: 0

Abstract

Ma’lumki, hayotiy tanlov muammosi va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan inson mohiyati va uning hayoti to‘g‘risidagi ekzistensial masalalarni tadqiq etish uning mavjudligining asoslari va o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, mavjudlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tahlil qilishni nazarda tutadi. Insonning hayotiy tanlovi, o‘zini va kelajagini yaratish muammosi psixologik tadqiqotlarda alohida o‘rin tutadi. Insonning o‘z hayot yo‘lini tanlash, hayot mazmunini izlash, o‘z hayotiy vazifasini anglash, o‘z hayotiy imkoniyatlari va istiqbollarini belgilash, dunyo, odamlar, o‘z-o‘zi va boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishdagi erkinlik va cheklovlar masalalari ushbu muammo bilan chambarchas bog‘liq.

Fields of Study & Subjects

Identity Memory and Therapy Psychological Well-being and Life Satisfaction Psychological and Temporal Perspectives Research

Publication details

Pages
28–32
Publication date
31 January 2026