ALEKSANDR FAYENBERGNING O'ZBEKISTON MADANIYATIDAGI O'RNI: CHEGARASIZ IJOD.MILLATLARARO DO'STLIK VA BAG'RIKENGLIK

Read full text
Authors: Azizabonu Zoirova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada muhim o‘rin egallagan , millatlararo ko’prik vazifasini o’tagan shoir, tarjimon va ijtimoiy arbob Aleksandr Faynbergning ijodiy merosi va shaxsiy faoliyati bo’yicha qarashlar yoritiladi va o’z navbatida tahlil qilinadi. Maqolada Faynberg hayoti misolida millatlararo do‘stlik, bag‘rikenglik va insoniy qadriyatlarga sodiqlik g‘oyalarining namoyon bo‘lishi yoritiladi. Maqolada shoirning o‘zbek va rus adabiyotlari o‘rtasidagi madaniy ko‘prik sifatidagi roli, uning Toshkent ijodiy muhitiga qo‘shgan hissasi hamda turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmatni mustahkamlashdagi xizmatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, Faynberg ijodining bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolayotgan gumanistik qarashlari, erkin fikr va inson qadrini ulug‘lovchi she’rlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Aleksandr Faynbergning O‘zbekiston madaniyati tarixida millatlararo totuvlik va madaniy bag‘rikenglik ramzi sifatida tutgan o‘rni yoritiladi.

Fields of Study & Subjects

Comparative and World Literature Biographical and Historical Analysis Literary Analysis and Cultural Studies

Publication details

Pages
19–22
Publication date
6 February 2026