TA'LIM JARAYONIDAMULOQAT ORQALI ONGLI FIKRLASHNI SHAKLLANTRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida muloqot orqali o‘quvchilarda ongli fikrlashni shakllantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Unda zamonaviy ta’lim sharoitida mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning dolzarbligi asoslab berilgan. Ongli fikrlash tushunchasi, uning pedagogik xususiyatlari hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Muloqotning o‘qituvchi–o‘quvchi, o‘quvchilar o‘rtasidagi va guruhiy shakllari orqali fikrlash jarayonini faollashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, STAD (Student Teams–Achievement Divisions) metodi va interaktiv ta’lim usullarining o‘quvchilarning muloqot, hamkorlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, ongli fikrlashni shakllantirishda shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va integrativ yondashuvlarning pedagogik ahamiyati asoslangan. Maqolada berilgan tavsiyalar ta’lim amaliyotida qo‘llash uchun metodik jihatdan muhim bo‘lib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Education and Critical Thinking Development
Educational methodologies and cognitive development
Innovative Teaching and Learning Methods
Publication details
- Pages
- 63–65
- Publication date
- 9 February 2026