RAQAMLI TA'LIM MUHITI SHAROITIDA MATEMATIKA DARSLARINI INTERAKTIV METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Read full text
Authors: Sadoqat Normurodova, Gulshanoy Quchqorova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida matematika darslarini interaktiv metodlar asosida tashkil etish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda xorijiy olimlar Alison Clark‑Wilson va Ana Donevska‑Todorova, shuningdek o‘zbek olimlari F.U. Qodirova, Sh.Z. Matupayeva va S. Alixonovning ilmiy ishlari tahlil qilingan. Maqolada raqamli vositalar va interaktiv metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, matematik tushunchalarni chuqurroq anglash va baholash jarayonlarini samarali tashkil etishda qanday ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan. Shu bilan birga, interaktiv metodlarni mahalliy sharoitga, inklyuziv va turli rivojlanish xususiyatiga ega o‘quvchilarga moslashtirish zarurligi ta’kidlangan. Maqola darslarni samarali tashkil etish uchun raqamli vositalardan faol foydalanish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish, interaktiv topshiriqlar va guruh ishlarini joriy etish, shuningdek o‘quvchilarning faoliyatini doimiy kuzatish va baholash tavsiyalarini beradi. Tadqiqot natijalari raqamli va interaktiv metodlarni amaliy qo‘llash orqali matematika ta’limini yanada samarali, qiziqarli va innovatsion qilish imkonini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Mathematics Education and Teaching Techniques Education and Technology Integration Innovative Educational Technologies

Publication details

Pages
94–99
Publication date
12 January 2026