QISHLOQ XO'JALIK KORXONALARIDA DIVERGENT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI
Abstract
Mazkur maqolada qishloq xo‘jalik korxonalarida divergent texnologiyalardan foydalanishning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt, agro–big data, masofadan zondlash, aqlli sug‘orish tizimlari, avtomatlashtirilgan monitoring va raqamli boshqaruv texnologiyalarining hosildorlik, resurslardan foydalanish samaradorligi hamda ishlab chiqarish xarajatlariga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada qishloq xo‘jaligida divergent texnologiyalarni joriy etish orqali hosildorlikni oshirish, suv va energiya resurslarini tejash hamda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijalari qishloq xo‘jalik korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish strategiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
Smart Agriculture and AI
Digitalization and Economic Development in Agriculture
Agricultural Development and Policies
Publication details
- Pages
- 120–124
- Publication date
- 29 January 2026