DRABLLARDA PRAGMALINGVISTIK HODISALARNING TAHLILI

Read full text
Authors: Mohinur Jalolova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy badiiy adabiyotda keng tarqalib borayotgan ixcham janrlardan biri — drabllarda pragmalingvistik hodisalarning namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida qisqa hajmda chuqur ma’no ifodalovchi drabblar tanlanib, ularda presuppozitsiya, implikatura, kontekstga bog‘liqlik, pragmatik paradoks va emotsional-ta’sirchan nutq aktlarining roli ochib beriladi. Tahlil jarayonida “Siniq deraza”, “Yotoqxona”, “Qasd va xalos”, “Hayrat” hamda “Tashlandiq” kabi drabllar misolida minimal til birliklari orqali maksimal semantik va pragmatik yuklama qanday hosil bo‘lishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, drabllarda aytilmagan fikr aytilganidan ko‘ra muhimroq bo‘lib, o‘quvchi matn mazmunini kontekst va yashirin ma’nolar orqali anglaydi. Shuningdek, drabllar o‘quvchini faol interpretatsiyaga undab, badiiy nutqning kommunikativ va psixologik ta’sirchanligini oshiradi. Maqola drabllarni pragmalingvistik nuqtayi nazardan o‘rganish zamonaviy adabiyot tahlilida muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi.

Fields of Study & Subjects

Linguistics and Discourse Analysis Linguistics and Language Analysis Linguistic research and analysis

Publication details

Pages
47–50
Publication date
3 February 2026