XALQ QO'SHIQLARIDA BORLIQ, INSON VA QADRIYATLAR TALQINI

Read full text
Authors: Madina Abdullayeva, T. Shokirov
Cited by: 0

Abstract

O‘zbek xalq qo‘shiqlari milliy madaniyatning eng qadrlik unsurlaridan biri bo‘lib, unda insonning ichki dunyosi, jamiyat hayoti va milliy qadriyatlar badiiy obrazlar orqali talqin etiladi. Qo‘shiqlarda tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlik, insonning ichki his-tuyg‘ulari, sevgi, mehr-oqibat, vatanparvarlik, sabr va axloqiy qadriyatlar tasvirlanadi. Shu orqali qo‘shiqlar yosh avlodning ijtimoiy ongini shakllantiradi, ularni milliy va madaniy meros bilan tanishtiradi hamda insoniylik g‘oyalarini singdiradi. Xalq qo‘shiqlari nafaqat tarixiy va ijtimoiy voqealarni, balki insonning ruhiy olami va qadriyat tizimini ham aks ettiradi. Shuning uchun ular jamiyatning ijtimoiy-falsafiy va madaniy xotirasini saqlashda muhim vosita hisoblanadi.

Fields of Study & Subjects

Cultural and Sociopolitical Studies Folklore Mythology and Literature Studies Cultural and Mythological Studies

Publication details

Pages
60–62
Publication date
3 February 2026