ONA SUTI BILAN OZIQLANTIRISHNING MUDDATIDAN OLDIN TUG'ILGAN BOLALAR UCHUN AHAMIYATI
Abstract
Ona suti bilan oziqlantirish muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar parvarishida muhim va ajralmas omil hisoblanadi. Ona suti tarkibidagi biologik faol moddalar, immunoglobulinlar, o‘sish omillari hamda fermentlar muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning yetilmagan organizmini himoyalash va rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ona suti bilan oziqlantirish infeksion kasalliklar xavfini kamaytirib, ovqat hazm qilish tizimining moslashuvini tezlashtiradi hamda nekrotik enterokolit kabi og‘ir asoratlarning oldini olishga yordam beradi. Ushbu annotatsiyada muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar uchun ona sutining afzalliklari, uning immunologik, metabolik va neyro-rivojlanishdagi ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan.
Fields of Study & Subjects
Infant Nutrition and Health
Breastfeeding Practices and Influences
Infant Development and Preterm Care
Publication details
- Pages
- 69–71
- Publication date
- 4 February 2026