RANGLAR SEMANTIKASI VA MADANIY KODLAR: SEMIOTIK, LINGVOMADANIY VA PRAGMATIK TALQIN
Abstract
Ushbu maqolada ranglar zamonaviy tilshunoslik va semiotika nuqtayi nazaridan madaniy axborotni tashuvchi murakkab belgilar tizimi sifatida tahlil qilinadi. Rang belgisining belgilovchi va belgilanuvchi qismlaridan iboratligi klassik semiotik model asosida yoritilib, rang ma’nolarining biologik idrokdan ko‘ra madaniy talqin bilan belgilanashi asoslab beriladi. Ranglarning lingvomadaniy, somatik, predmetli, makon va zamonga oid, biomorf hamda ma’naviy kodlar orqali ko‘p qatlamli semantik tuzilishga ega ekani ko‘rsatilib, ularning madaniy-spetsifik va universal jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Oq, qizil va qora ranglar misolida rang ma’nolarining turli madaniyatlarda turlicha kodlanishi hamda zamonaviy ijtimoiy amaliyotda, xususan moda va kiyinish madaniyatida semantik siljish jarayonlari izohlanadi. Tadqiqot natijalari ranglarni semiotik belgi, lingvomadaniy kod va pragmatik signal sifatida o‘rganish til, madaniyat va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib berishini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Semiotics and Representation Studies
Language and Culture
Categorization
perception
and language
Publication details
- Pages
- 50–52
- Publication date
- 9 February 2026