HUQUQNI TANLASHNING DELOKALIZATSIYASI: MODDIY HUQUQNI ANIQLASHDA ARBITRAJ O'RNINING AHAMIYATINING PASAYISHI
Abstract
Xalqaro tijorat arbitraji transchegaraviy nizolarni hal qilishning eng muhim mexanizmi sifatida o'z o'rnini mustahkamlab kelmoqda. Uning moslashuvchanligi, neytralligi va qarorlarining deyarli butun dunyoda tan olinishi va ijro etilishi uni davlat sudlariga nisbatan jozibador muqobilga aylantirdi. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro huquq sohasida "huquqning delokalizatsiyasi" nazariyasi ommalashdi. Unga ko'ra, xalqaro arbitraj milliy huquqiy tizimlardan ajralib, o'zining mustaqil, "millatsiz" huquqiy tartibotini – yangi lex mercatoria (savdo huquqi)ni yaratmoqda.
Fields of Study & Subjects
International Arbitration and Investment Law
Conflict of Laws and Jurisdiction
Comparative and International Law Studies
Publication details
- Pages
- 82–84
- Publication date
- 10 February 2026