ESKROU TIZIMINING MAJBURIYATLARNI TA'MINLASH USULLARI TIZIMIDAGI O'RNI

Read full text
Authors: Muxammadiyev Samariddin Iskandar o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada eskrou tizimining zamonaviy majburiyatlarni ta’minlash mexanizmlari tizimidagi o’rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Eskrou instituti shartnoma tomonlarining majburiyatlarini bajarish kafolati sifatida xalqaro va milliy amaliyotda keng qo’llanilmoqda. Tadqiqot davomida eskrou tizimining huquqiy tabiati, uning boshqa ta’minot usullaridan farqli jihatlari va zamonavir elektron tijorat sharoitida qo’llanilish xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada eskrou tizimining ishonch asosida quriladigan xususiyati, uchinchi tomon vositachisining roli va raqamli texnologiyalar sharoitida eskrou mexanizmlarining rivojlanish istiqbollari ko’rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, eskrou tizimi an’anaviy majburiyatlarni ta’minlash usullarining kamchiliklarini bartaraf etish va tomonlar o’rtasida muvozanatli huquqiy muhofaza yaratish imkonini beradi. Xulosa qismida eskrou institutining O’zbekiston huquq tizimida takomillashtirilishi bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Legal principles and applications Law logistics and international trade Economics and Judicial Systems

Publication details

Pages
89–93
Publication date
10 February 2026
Language
UZ