"XORAZM VILOYATIDA INSON KAPITALIGA SARMOYA VA UNING IJTIMOIY NATIJALARI"
Abstract
Xorazm viloyatida inson kapitaliga sarmoya kiritish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim omillaridan biridir. Inson kapitali – bu aholi salohiyatini, bilim va malakasini rivojlantirish orqali hududning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi resursdir. Ushbu tezisda Xorazm viloyatida inson kapitaliga sarmoya kiritishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan ta'lim, sog‘liqni saqlash va mehnat bozoridagi investitsiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, sarmoya natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy natijalar – aholining farovonligi, ish bilan ta’minlanish, ijtimoiy adolat va mahallalararo rivojlanish farqlari ham o‘rganiladi. Tezisda inson kapitalining turlari (faol, passiv va manfiy kapital) va ularning hudud rivojiga ta’siri sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Xulosa sifatida, Xorazm viloyatida inson kapitaliga sarmoya kiritish strategik resurs sifatida ijtimoiy taraqqiyotga sezilarli hissa qo‘shishi asoslab beriladi.
Fields of Study & Subjects
Socioeconomic and Demographic Analysis
Labor Market and Education
Economic Development and Regional Competitiveness
Publication details
- Pages
- 94–96
- Publication date
- 10 February 2026
- Language
- UZ