TARJIMADA MILLIY MADANIY BIRLIKLARNING SEMANTIK VA PRAGMATIK TALQINI ("O'TKАN KUNLAR" ROMANINING NEMIS TILIGA TARJIMASI MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkаn kunlar” romani nemis tiliga tarjimasi misolida milliy-madaniy birliklarning semantik va pragmatik talqini tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida realiyalar, tarixiy-etnografik atamalar, diniy tushunchalar hamda ijtimoiy murojaat shakllarining tarjimada berilish xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida o‘rganildi. Tarjima jarayonida transliteratsiya, izohli tarjima, funksional muqobillik va madaniy moslashtirish strategiyalarining samaradorligi yoritildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, milliy koloritni saqlash va pragmatik ta’sirni yetkazish uchun kombinatsiyalashgan tarjima usullari eng maqbul hisoblanadi.
Fields of Study & Subjects
Translation Studies and Practices
Language and Culture
Linguistic research and analysis
Publication details
- Pages
- 143–146
- Publication date
- 13 February 2026