AVTOMOBILSOZLIK LEKSIKASIDA TRANSTERMINOLOGIZATSIYA VA SEMANTIK KO'CHISH JARAYONLARI
Abstract
Avtomobilsozlik leksikasining shakllanishi va rivojlanishida transterminologizatsiya hamda semantik ko‘chish muhim o‘rin tutadi. Zero, mazkur soha mustaqil holda emas, balki mexanika, fizika, elektronika, kimyo, dizayn, axborot texnologiyalari kabi qator fan va texnika tarmoqlari bilan uzviy bog‘liq holda taraqqiy etadi. Shu bois avtomobilsozlik terminologiyasida turli sohalarga mansub birliklarning ko‘chishi, qayta ixtisoslashuvi va yangi ma’no kasb etishi tabiiy lisoniy jarayon hisoblanadi. Termin tushunchasi ilmiy adabiyotlarda maxsus sohada qo‘llaniladigan, aniq va ixcham ma’noga ega bo‘lgan leksik birlik sifatida izohlanadi. G.O.Vinokur texnik terminologiyada so‘z yasalishi jarayonlarini tahlil qilib, terminlarning sohaviy ixtisoslashuvi va semantik torg‘ayishiga e’tibor qaratadi [1]. R.A.Budagov esa terminni fan tilining ajralmas qismi sifatida baholab, uning ma’no aniqligi va funksional cheklanganligini ta’kidlaydi [2]. A.V.Superanskaya terminologik tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ilmiy jihatdan asoslab, bir terminning boshqa sohaga o‘tishi jarayonini transterminologizatsiya sifatida tavsiflaydi [3].
Fields of Study & Subjects
linguistics and terminology studies
Linguistics
Language Diversity
and Identity
Lexicography and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- Science and Technology in the Modern World
- Pages
- 76–77
- Publication date
- 11 March 2026