YURAK ISHEMIK KASALLIKLARINI ANIQLASHDA NUR TASHXIS USULLARINING DIAGNOSTIK VA STATISTIK AHAMIYATI
Summary
No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.
Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.Abstract
Yurak ishemik kasalligi (YIK) dunyo miqyosida o‘lim va nogironlikka olib keluvchi asosiy kasalliklardan biri hisoblanadi. Epidemiologik ma’lumotlarga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari barcha o‘lim holatlarining taxminan 30–32% ini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlarning 40% dan ortig‘i aynan yurak ishemik kasalligi hissasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda YIKning aholida uchrash darajasi 6–12% oralig‘ida bo‘lib, erkaklarda ayollarga nisbatan 1,5–2 baravar yuqori ekani qayd etilgan.Kasallikning 20–30% holatlari klinik belgilarsiz yoki kam simptomli kechishi sababli, YIKni erta aniqlashda yuqori aniqlikka ega diagnostik usullarga ehtiyoj mavjud. Shu nuqtai nazardan, nur tashxis usullari zamonaviy kardiologiyada muhim o‘rin tutadi . Ushbu tezisning maqsadi yurak ishemik kasalligini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy nur tashxis usullarining diagnostik imkoniyatlarini statistik ma’lumotlar asosida baholash, ularning sezgirlik va spetsifiklik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan iborat.
Fields of Study & Subjects
Cardiac Imaging and Diagnostics
Coronary Interventions and Diagnostics
Healthcare Systems and Public Health
Publication details
- Journal / source
- Science and Technology in the Modern World
- Pages
- 104–105
- Publication date
- 27 March 2026