YANGI O'ZBEKISTON VA KORRUPSIYASIZ KELAJAK SARI: ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Read full text
Authors: Tursuntosh Nurullayeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati tahlil etilgan. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari, jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati, "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunning ahamiyati hamda davlat xizmatiga "komplayens-nazorat" tizimining joriy etilishi yoritib berilgan. Maqolada inson omilini kamaytirishda raqamlashtirish jarayonlarining o‘rni va "shaffoflik" tamoyilining amaliyotga tadbiq etilishi o‘rganilgan. Shuningdek, sohada saqlanib qolayotgan tizimli muammolar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Corruption and Economic Development Administrative Law and Governance Governance Compliance and Sustainability

Publication details

Pages
63–68
Publication date
12 January 2026