TUYA SUTI TARKIBIDAGI OQSILLAR MIQDORINI ANIQLASH

Read full text
Authors: M.T. Yo'ldosheva, Z.U. USMANOVA
Cited by: 0

Abstract

So‘nggi yillarda sog‘lom ovqatlanish va funksional oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan tuya suti o‘zining noyob tarkibi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Tuya suti o‘zida immunitetni mustahkamlovchi, yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan oqsillarni saqlaydi. Shuningdek, tuya suti tarkibidagi oqsillar allergik reaksiya chaqirish darajasi pastligi bilan boshqa sut turlaridan ajralib turadi. Ushbu xususiyatlari tufayli tuya sutini biologik faol qo‘shimchalar, dori vositalari va maxsus dietik mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llash imkoniyatlari keng. Shuning uchun tuya sutidagi oqsillarni miqdoriy va sifat jihatdan chuqur o‘rganish zamonaviy ilm-fan va amaliyot uchun dolzarb hisoblanadi.

Fields of Study & Subjects

Animal Diversity and Health Studies Food and Agricultural Sciences Protein Hydrolysis and Bioactive Peptides

Publication details

Pages
74–74
Publication date
12 January 2026