MASOFAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING BOSHLANG'ICH TA'LIMDAGI QULAYLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, afzalliklari va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda masofaviy ta’limning o’quvchilarning bilim ko’nikma va malakalarda shakllanishda o’rni, ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirish imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonining samaradorligiga ta’siri o’rganildi. Shuningdek masofaviy ta’limni tashkil etishda qo’llaniladigan raqamli platformalar, ineraktiv vositalar va multimedia resurslarining boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mosligi tahlil qilindi. Tadqiqot davomida ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, kuzatish, suxbat va taqqoslash metodlardan foydalanildi. Olingan natijalar masofaviy ta’limning moslashuvchanlik , individual yondashuv va o’quv jarayoning ochiqligini ta’minlash kabi afzalliklarga ega ekanligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, texnik ta’minotning yetarli emasligi, yosh o’quvchilarda mustaqil ta’lim ko’nikmalarining yetarli darajada shakllanmaganligi kabi muammolar mavjudligi aniqlandi. Maqolada aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida boshlang’ich ta’limda masofaviy ta’limni samarali tashkil etish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Xususan, o’qituvchilarning raqamli kompotensiyalarini oshirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda an’anaviy va masofaviy ta’limni uyg’unlashtirgan aralash (gibrid) ta’lim modelini joriy etish zarurligi asoslab berildi. Mazkur maqola boshlang’ich sinf o’quvchilari, pedagogika yo’nalishi talabalari va ta’lim sohasidagi mutaxasislar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari asosida masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
Fields of Study & Subjects
Educational Technology and E-Learning
Online and Blended Learning
Innovative Educational Technologies
Publication details
- Pages
- 11–15
- Publication date
- 17 January 2026