PRAGMALINGVISTIK YONDASHUVDA PRESUPPOZITSIYA VA LISONIY INDIKATORLAR
Abstract
Mazkur maqolada presuppozitsiya hodisasining pragmalingvistik mohiyati badiiy matn materiallari asosida tadqiq etiladi. Presuppozitsiya implikativ birlik sifatida matn mazmuniy strukturasini murakkablashtiruvchi va kommunikativ ta’sirni kuchaytiruvchi vosita ekanligi asoslanadi. Tadqiqotda presuppozitsiyaning logik, lingvistik, semantik, pragmatik va kommunikativ turlari ajratilib, ularni yuzaga chiqaruvchi lisoniy indikatorlar (yuklamalar, leksik birliklar, prosodik vositalar) pragmalingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, eksperimental-fonetik tahlil natijalari asosida presuppozitiv mazmunning implitsit shaklda aktualizatsiyalanishi ko‘rsatib beriladi. Maqola natijalari pragmalingvistika, matn lingvistikasi va kognitiv tilshunoslik uchun nazariy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Fields of Study & Subjects
Linguistics and Discourse Analysis
Language
Discourse
Communication Strategies
Syntax
Semantics
Linguistic Variation
Publication details
- Pages
- 66–68
- Publication date
- 31 January 2026