YOZMA NUTQ KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA METODIK QO'LLANMALARNING DIDAKTIK VA METODIK ASOSLARI (5–6-SINFLAR MISOLIDA)

Read full text
Authors: Sevara Berdiyeva
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada 5–6-sinf o‘quvchilarida yozma nutq kompetensiyasini shakllantirish jarayonida metodik qo‘llanmalarning didaktik va metodik asoslari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozma nutq kompetensiyasi tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, ona tili ta’limida undan samarali foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, metodik qo‘llanmalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning mazmuni, tuzilmasi hamda yozma nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimi atroflicha tahlil etiladi. Maqolada 5–6-sinflar misolida yozma nutqni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar, didaktik tamoyillar va amaliy metodlar ilmiy asoslanadi. Tadqiqot natijalari ona tili darslarida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodik qo‘llanmalarni takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Language Acquisition and Education Writing and Handwriting Education

Publication details

Pages
128–130
Publication date
4 February 2026