SERVIS XIZMATI TA'LIMIDA KREATIV METODLAR ORQALI MEHNAT BOZORIGA MOS MUTAXASSIS TAYYORLASH
Abstract
Mazkur maqolada servis xizmati ta’limida kreativ metodlardan foydalanish orqali mehnat bozorining zamonaviy talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash masalalari yoritiladi. Tadqiqotda servis xizmati yo‘nalishida ta’lim jarayonini innovatsion va ijodiy yondashuvlar asosida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kreativ metodlar — muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat, interfaol mashg‘ulotlar va amaliy vaziyatlar orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalar, mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish hamda mijozlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada ta’lim mazmunini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikda o‘quv jarayonini tashkil etish va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari servis xizmati sohasida zamonaviy, kreativ va kasbiy jihatdan yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fields of Study & Subjects
Vocational Education and Training
Hospitality and Tourism Education
Education
Innovation and Language Studies
Publication details
- Pages
- 20–22
- Publication date
- 7 February 2026