MAHSULOT TANNARXINI SHAKLLANTIRISHNING YENGIL SANOATDAGI O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (ELEGANT GARMENT TEXTILE MCHJ MISOLIDA)

Read full text
Authors: Kholisa Kuldosheva
Cited by: 0

Abstract

Hozirgi zamonaviy iqtisodiyotining bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining moliyaviy barqarorligi, avvalo, mahsulot tannarxining qanchalik asosli va shaffof shakllantirilishiga bog‘liq. Yengil sanoat tarmoqlari, xususan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj ishlab chiqarishida tannarxni aniqlash masalasi alohida dolzarblik kasb etadi. Bunga sabab sifatida ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘p bosqichliligi, moddiy resurslarga yuqori darajada bog‘liqlik hamda mehnat resurslarining faol ishtirokini ko‘rsatish mumkin. Yengil sanoat tarmoqlarida mahsulot tannarxini shakllantirish masalasi ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ayniqsa to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida tannarx tarkibining murakkabligi, xomashyo ulushining yuqoriligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘p bosqichliligi ushbu masalani chuqur tadqiq etishni talab etadi.

Fields of Study & Subjects

Accounting Theory and Financial Reporting Accounting and Financial Management Business Education Mathematics Research

Publication details

Pages
39–42
Publication date
9 February 2026