XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA RAQAMLI BITIMLAR BO'YICHA NIZOLARNI KO'RIB CHIQISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Read full text
Authors: Aziza Nurmatova
Cited by: 0

Abstract

Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va uning xalqaro savdoga integratsiyasi bitimlar tuzish, aktivlarni boshqarish va nizolarni hal qilish usullarida tub o'zgarishlarga olib kelmoqda. Blokcheyn texnologiyasi, sun'iy intellekt va boshqa raqamli vositalarning keng qo'llanilishi an'anaviy huquqiy kategoriyalarni va mavjud nizo hal qilish mexanizmlarini qayta ko'rib chiqish zaruratini tug'dirmoqda. Xususan, raqamli bitimlar bo'yicha yuzaga keladigan nizolarni hal qilishda xalqaro tijorat arbitraji muhim rol o'ynaydi, chunki u moslashuvchanlik, erkinlik taklif etadi. Biroq, bu sohadagi o'zgarishlar bilan bir qatorda, raqamli aktivlarning o'ziga xos xususiyatlari, aqlli kontraktlarning murakkabligi va transchegaraviy yurisdiksiya masalalari arbitraj jarayonida yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Raqamli aktivlar bozorining 2027 yilga borib 100.2 milliard dollarga yetishi va yillik o'sish sur'ati 9.94% ni tashkil etishi kutilayotgani bunday nizolarning soni va murakkabligi ortib borishini anglatadi. Ushbu tezis raqamli bitimlar bo'yicha nizolarni xalqaro tijorat arbitrajida ko'rib chiqishning o'ziga xos jihatlarini tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, uning asosiy muammolari, moslashuv yo'llari va kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini o'rganadi. Tezis raqamli iqtisodiyot sharoitida arbitrajning samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qilgan.

Fields of Study & Subjects

International Arbitration and Investment Law Digital Transformation in Law Dispute Resolution and Class Actions

Publication details

Pages
61–64
Publication date
10 February 2026
Language
UZ