YASHIL TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING IQTISODIYOTDA QO'LLANILISHI
Abstract
Mazkur maqola yashil texnologiyalarning turlari, ularning ahamiyati va iqtisodiyotdagi qo’llanilishiga bag‘ishlanadi. Yashil texnologiyalar — bu ekologik zararlarni kamaytirish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar hisoblanadi. Maqolada quyosh va shamol energiyasi, biogaz texnologiyalari, chiqindilarni qayta ishlash va suv resurslarini tejashga oid usullar misolida yashil texnologiyalarning asosiy turlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu texnologiyalarning sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasidagi amaliy qo‘llanilishiga urg‘u beriladi. Yashil texnologiyalar yordamida iqtisodiyotni raqamlashtirish, energiya tejamkorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola davomida yashil texnologiyalarning O‘zbekiston sharoitida rivojlanish imkoniyatlari va bu boradagi qiyinchiliklar tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor chora-tadbirlar taklif qilinadi. Yashil texnologiyalarning rivojlanishi nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki atrof-muhitni muhofaza qilishga ham xizmat qilishi ta’kidlanadi.
Fields of Study & Subjects
Industrial Engineering and Technologies
Business and Economic Development
Sustainable Development and Environmental Management
Publication details
- Pages
- 93–96
- Publication date
- 12 February 2026
- Language
- UZ