SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA TALABALARNING BILIM DARAJASINI ANIQLOVCHI VA TAHLIL QILIB XULOSA CHIQARUVCHI PLATFORMA YARATISH
Abstract
XXI asrda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tizimlarining jadal rivojlanishi inson hayotining barcha sohalariga, ayniqsa, ta’lim tizimiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy ta’limda o‘qitish jarayonini standart, hamma uchun bir xil usulda olib borish o‘quvchilarning individual farqlarini hisobga olish imkonini bermaydi [2]. Har bir o‘quvchining bilish faolligi, o‘rganish tezligi, eslab qolish qobiliyati va qiziqish sohasi turlicha bo‘lganligi sababli, an’anaviy ta’lim yondashuvlari hamma uchun birdek samarali natija bermaydi. Shu bois, ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish va individual ta’lim yo‘nalishlarini shakllantirish zamon talabi bo‘lib qolmoqda [4]. Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari ta’lim jarayonini optimallashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasi va o‘rganish xususiyatlarini aniqlash hamda ularga mos o‘quv strategiyalarini taklif qilish imkonini beradi [1]. Bunday tizimlar o‘qituvchilarga har bir o‘quvchi haqida chuqur tahliliy ma’lumot beradi, shu orqali o‘qitish jarayonini individual ehtiyojlarga moslashtirish imkonini yaratadi.
Fields of Study & Subjects
Artificial Intelligence in Education
Intelligent Tutoring Systems and Adaptive Learning
Educational Technology and Pedagogy
Publication details
- Journal / source
- Innovative Research in the Modern World
- Pages
- 33–36
- Publication date
- 11 March 2026
- Language
- UZ