AXBOROT XAVFSIZLIGI BO'YICHA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI UCHUN METODIK TAVSIYALAR

Read full text
Authors: Husnora Xoliyorova, Farrux Qodirov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, ularni raqamli muhitda xavfsiz harakatlanishga o‘rgatish va internetdan foydalanish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni anglashga tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot davomida xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar tahlil qilinib, kiberxavfsizlik ta’limida qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar — o‘yinlashtirish, interaktiv mashg‘ulotlar, vizual materiallardan foydalanish, real hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar hamda baholash mezonlari tahlil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston olimlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborot bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini oshirish va AKTdan foydalanish metodikasi bo‘yicha fikrlari umumlashtirildi. Maqolada o‘quvchilar yoshiga mos, sodda va amaliy topshiriqlarga asoslangan metodik tavsiyalar, xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishning bosqichma-bosqich modeli, darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan interaktiv o‘yinlar hamda o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar taqdim etiladi. Natijada, raqamli makonda ongli, ehtiyotkor va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan yondashuv ishlab chiqiladi.

Fields of Study & Subjects

Educational Challenges and Innovations Information and Cyber Security Education and Digital Technologies

Publication details

Pages
76–80
Publication date
14 January 2026