BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA MEDIA SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Read full text
Authors: Xudoynazarova Mohinur Jamshid qizi, Farrux Qodirov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida media savodxonlikni rivojlantirish texnologiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Zamonaviy raqamli jamiyatda bolalar kundalik hayotida internet, ijtimoiy tarmoqlar, televizor va turli raqamli qurilmalardan faol foydalanadi. Shu bilan birga, ularning oladigan axborotini tanqidiy tahlil qilish, noto‘g‘ri ma’lumotlardan ajratish va xavfsiz onlayn muhitda harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb pedagogik vazifa hisoblanadi. Maqolada xorijiy va O‘zbek olimlarining tadqiqotlari tahlil qilinib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida media savodxonlikni rivojlantirishning samarali metod va texnologiyalari aniqlangan.

Fields of Study & Subjects

Literacy Media and Education Education and Digital Technologies Digital literacy in education

Publication details

Pages
81–84
Publication date
14 January 2026