BOSHLANGʻICH TA'LIMDA MOBIL ILOVALAR YORDAMIDA O'QITISH TAJRIBASI
Abstract
Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limda mobil ilovalar yordamida o‘qitish tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — mobil ilovalar orqali darslarni interfaol, qiziqarli va samarali o‘tkazish imkoniyatlarini aniqlash, ularning o‘quvchilarning bilimini o‘zlashtirish, faolligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sirini tahlil qilish. Maqolada xorijiy va O‘zbek olimlarining tadqiqotlari tahlil qilinib, boshlang‘ich sinflarda mobil ilovalarni qo‘llash tajribasi yoritilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interfaol viktorinalar, o‘yinlashtirilgan topshiriqlar, multimedia materiallar va kollaborativ loyihalar o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshiradi, diqqatni jamlash va mavzuni tez o‘zlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning texnologik tayyorgarligi va barcha o‘quvchilar uchun qurilmalar mavjudligi samarali natija uchun muhim shartlar sifatida aniqlangan.
Fields of Study & Subjects
Mobile Learning in Education
Education and Technology Integration
Educational Games and Gamification
Publication details
- Pages
- 85–88
- Publication date
- 14 January 2026