BOSHLANG'ICH TA'LIMDA SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA O'QUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Read full text
Authors: Nasiba Rajabova, Farrux Qodirov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limda sun’iy intellekt (SI) asosida o‘quv resurslaridan foydalanish istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida xorijiy va mahalliy adabiyotlar, shu jumladan ilmiy maqolalar, hisobotlar va ekspert intervyulari tahlil qilindi. Maqolada AI texnologiyalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darslarni individualizatsiyalash, adaptiv o‘quv resurslarini yaratish va o‘quv jarayonini interaktiv tarzda tashkil etish imkoniyatlari ko‘rsatildi.Tahlil shuni ko‘rsatdiki, SI yordamida o‘quvchilarning bilim darajasi real vaqt rejimida kuzatilishi, baholash jarayoni avtomatlashtirilishi va o‘qituvchining ish yukini kamaytirish mumkin. Shu bilan birga, texnologik infratuzilma, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligi va ma’lumotlar xavfsizligi kabi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Artificial Intelligence in Education Intelligent Tutoring Systems and Adaptive Learning Educational Technology and Pedagogy

Publication details

Pages
89–92
Publication date
14 January 2026