ZAMONAVIY TA'LIMDA IJODIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING KONSEPTUAL YONDASHUVLARI
Abstract
Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish masalalarini ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida ijodiy fikrlash tushunchasining pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinib, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasavvur qilish, mustaqil qaror qabul qilish hamda muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samarali jihatlari ochib beriladi. Xususan, interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, o‘yin texnologiyalari va STEM yondashuvining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi asosida olib borilgan ilmiy tahlillar natijalari ushbu pedagogik yondashuvlarning o‘quvchilarning bilimlarni egallash faolligi hamda ijodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari boshlang‘ich ta’limda ijodiy fikrlashni rivojlantirish ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlovchi ustuvor omillardan biri ekanini tasdiqlaydi.
Fields of Study & Subjects
Educational Methods and Teacher Development
Educational methodologies and cognitive development
Education and Critical Thinking Development
Publication details
- Pages
- 113–117
- Publication date
- 14 January 2026