UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI FANINI O'QITISHNING ZAMONAVIY TA'LIM TALABLARI
Abstract
Mazkur tezisda umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim talablari va ularning pedagogik mazmun-mohiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqiy-estetik tafakkurini shakllantirish hamda milliy va jahon musiqa madaniyati namunalarini uyg‘unlashtirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish orqali musiqa madaniyati darslarining samaradorligini oshirish yo‘llari asoslab beriladi.
Fields of Study & Subjects
Diverse Music Education Insights
Music Education and Analysis
Education
Innovation and Language Studies
Publication details
- Pages
- 133–137
- Publication date
- 19 January 2026