SUN'IY INTELLEKTNI YOSHLAR ONGIGA TASIRI
Abstract
M azkur maqolada bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalar, xususan sun’iy intellektning inson hayotidagi o‘rni, uning imkoniyatlari va yuzaga kelayotgan muammolari tahlil qilinadi. Asosan yoshlar orasida gadjetlar va internetdan haddan tashqari foydalanish natijasida fikrlash faolligining pasayishi, bilimlarni tayyor holatda qabul qilishga moyillik kuchayib borayotgani yoritilgan. Ta’lim sohasida sun’iy intellektdan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari, xorijiy tajribalar asosida muhokama qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning inson intellekti bilan raqobati, mehnat bozoriga ta’siri va kelajakda kadrlar tayyorlash masalasidagi o‘rni tahlil etiladi. Maqolada texnologiya va inson intellekti o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, yosh avlodni ongli va maqsadli foydalanishga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlanadi.
Fields of Study & Subjects
Artificial Intelligence in Education
Ethics and Social Impacts of AI
Digital Media and Philosophy
Publication details
- Pages
- 40–42
- Publication date
- 27 January 2026