IQTISODIY KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK MOHIYATI VA TARKIBIY TUZILMASI

Read full text
Authors: Ziyoda Zaripova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada iqtisodiy kompetensiya tushunchasining pedagogik mohiyati hamda uning tarkibiy tuzilmasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda iqtisodiy kompetensiya shaxsning iqtisodiy bilimlari, amaliy ko’nikma va malakalari, iqtisodiy tafakkuri, qadriyatlari hamda ijtimoiy mas’uliyatli xulq-atvorini o’z ichiga oluvchi integrativ pedagogik kategoriya sifatida talqin etiladi. Iqtisodiy kompetensiyaning ta’lim jarayonidagi o’rni, uni shakllantirish zarurati va zamonaviy ta’lim paradigmalari bilan o’zaro bog’liqligi ochib beriladi. Shuningdek, iqtisodiy kompetensiyaning tarkibiy komponentlari — kognitiv (bilimiy), operatsion-amaliy, motivatsion-qadriyatli va refleksiv-baholovchi qismlarining mazmuni pedagogik nuqtayi nazardan asoslab beriladi. Maqola natijalari iqtisodiy ta’lim mazmunini takomillashtirish, kompetensiyaviy yondashuv asosida o’quv dasturlarini ishlab chiqish hamda bo’lajak mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirishda metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Education Methods and Technologies Competency Development and Evaluation Innovations in Education and Learning Technologies

Publication details

Pages
94–98
Publication date
27 January 2026