SITUATIV TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TARBIYA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHNI DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada situativ ta’lim texnologiyalari asosida tarbiya darslarini samarali tashkil etishning didaktik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Situativ ta’lim texnologiyalarining mohiyati, ularning tarbiya darslaridagi o‘rni hamda o‘quvchilarda ijtimoiy-faol, axloqiy va ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida situativ yondashuvning pedagogik samaradorligi, tarbiya jarayonida real hayotiy vaziyatlar, muammoli holatlar, rolli o‘yinlardan foydalanishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma va intervyu, eksperiment, vaziyatli o‘yinlar va rolli mashqlardan foydalanildi. Olingan natijalar situativ ta’lim texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirishi, mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishi, shuningdek, muammoli vaziyatlarga ongli va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishini ko‘rsatdi.
Fields of Study & Subjects
Values and Moral Education
Innovative Teaching Methodologies in Social Sciences
Educational Methods and Teacher Development
Publication details
- Pages
- 105–110
- Publication date
- 28 January 2026