STRESSNING YURAK-QON TOMIR TIZIMIGA TA'SIRI VA UNING OLDINI OLISH YO'LLARI
Abstract
Ushbu maqolada stressning yurak-qon tomir tizimiga ko‘rsatadigan bevosita va bilvosita ta’sirlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Stress holatida organizmda adrenalin va kortizol kabi stress garmonlarining ko‘payishi, yurak urish tezligining oshishi, arterial qon bosimining ko‘tarilishi hamda qon tomirlarining torayishiga olib kelishi bayon etilgan. Uzoq muddatli stressning arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, aritmiyalar va miokard infarkti kabi yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada stressning bilvosita ta’sirlari — zararli odatlarning kuchayishi, jismoniy faollikning kamayishi, noto‘g‘ri ovqatlanish va uyqusizlik orqali yurak faoliyatiga salbiy ta’siri ochib berilgan. Stressni kamaytirish va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, muntazam jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, mehnat va dam olish rejimini muvozanatlash, shuningdek psixologik usullar va nafas mashqlarining ahamiyati asoslab berilgan. Maqola yurak salomatligini saqlashda stressni boshqarish muhim profilaktik omil ekanini ko‘rsatib beradi.
Fields of Study & Subjects
Cardiac Health and Mental Health
Cardiovascular Health and Risk Factors
Heart Rate Variability and Autonomic Control
Publication details
- Pages
- 120–122
- Publication date
- 30 January 2026