"OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABALARINI KELAJAKDAGI KASBIY FAOLIYATIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH."
Abstract
Ushbu tadqiqot universitet talabalarini kelajakdagi kasbiy faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqadi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari (AT) jahon miqyosida barcha sohalarda, jumladan, ta'limda ham katta o‘rin tutmoqda. Oliy ta'lim muassasalarida ATni o‘qitishda samarali usullar va metodlarni ishlab chiqish, talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatiga muvaffaqiyatli tayyorlash uchun zarur. Tadqiqotda zamonaviy axborot texnologiyalarining pedagogik jarayonga ta'siri, o‘quv jarayonida ATni integratsiya qilish imkoniyatlari va bu texnologiyalarni kasbiy tayyorgarlikda qo‘llashning samarali usullari tahlil qilinadi. Talabalar uchun zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quv materiallarini tahlil qilish, o‘rganish va qo‘llash imkoniyatlari yaratiladi, bu esa ularning kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ATdan foydalanish orqali o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi interaktiv aloqalarni kuchaytirish, ta'lim jarayonini individualizatsiya qilish va talabalar bilimini oshirish yo‘llari o‘rganiladi. Ushbu ishning natijalari, universitet ta'limi jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida takomillashtirishga qaratilgan yangi pedagogik yondashuvlar va metodlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Fields of Study & Subjects
Digital literacy in education
Educational Methods and Teacher Development
Innovations in Education and Learning Technologies
Publication details
- Journal / source
- Pedagogy and Psychology in the Modern World
- Pages
- 4–8
- Publication date
- 23 February 2026