TETRADIUM DANIELLII NING TRANSPIRATSIYA JADALLIGI VA MOSLASHUV XUSUSIYATLARI

Read full text
Authors: Munavvar Mamadjanova
Cited by: 0

Abstract

Arid va semiarid mintaqalarda o‘suvchi o‘simliklarning yashab qolishi va barqaror rivojlanishi, avvalo, ularning suv rejimi va transpiratsiya jarayonining samaradorligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Transpiratsiya jarayoni o‘simlik tanasida suv aylanishi, mineral moddalarning harakati hamda haroratni me’yorlashtirishda muhim fiziologik mexanizm hisoblanadi. Shu sababli transpiratsiya jadalligini o‘rganish o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligini baholashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri sifatida qaraladi.

Fields of Study & Subjects

Plant Water Relations and Carbon Dynamics Plant Stress Responses and Tolerance Irrigation Practices and Water Management

Publication details

Pages
40–41
Publication date
14 January 2026