XASHIMOTO TIREOIDITI KASALLIGIDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA USULLARI
Summary
No summary yet. VIRAT can read this paper and write a plain-language summary of its aim, methods, key findings and limitations.
Summarise with VIRAT Free to try with your Science Catalogs account.Abstract
Ushbu maqolada Xashimoto tireoiditi kasalligini aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy diagnostika usullari tahlil qilinadi. Xashimoto tireoiditi autoimmun kasallik bo‘lib, qalqonsimon bezning surunkali yallig‘lanishi bilan tavsiflanadi va ko‘pincha gipotireoz rivojlanishiga olib keladi. Tadqiqotlarda ushbu kasallikning rivojlanish mexanizmlari, klinik belgilari hamda uni aniqlashda qo‘llaniladigan laborator va instrumental tekshiruv usullari yoritib beriladi. Zamonaviy tibbiyotda kasallikni aniqlash uchun qalqonsimon bez gormonlari darajasini tekshirish, autoantitanachalarni aniqlash, ultratovush tekshiruvi hamda boshqa diagnostik metodlardan foydalaniladi. Ushbu usullar kasallikni erta bosqichda aniqlash va asoratlarning oldini olish imkonini beradi. Shuningdek, maqolada diagnostikaning ahamiyati, kasallikni differensial tashxis qilish va bemorlarni kuzatish jarayoni haqida ma’lumotlar beriladi. Xashimoto tireoiditini o‘z vaqtida aniqlash va nazorat qilish bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Thyroid Disorders and Treatments
Thyroid Cancer Diagnosis and Treatment
Thyroid and Parathyroid Surgery
Publication details
- Journal / source
- Natural Sciences in the Modern World
- Pages
- 76–79
- Publication date
- 28 March 2026