KOʻK-YASHIL SUVOʻTLARINING METABOLITLAR ISHLAB CHIQARISHIGA PH NING TAʼSIRI

Read full text
Authors: Ikromova Hafiza Salim qizi
Cited by: 0

Abstract

Suv muhitida oʻsuvchi tuban oʻsimliklar quruqlikda yashovchi oʻsimliklardan juda koʻp jihatlari bilan farqlansa ham, ular ham tashqi muhitning abiotik hamda biotik omillari bilan oʻzaro taʼsirlashadi. Jumladan, harorat, yorugʻlik, havo, zichlik, bosim, ularning yashash muhitini tashkil etib turgan suvning kimyoviy tarkibi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, yorugʻlikni yutishi kabi abiotik omillar suvoʻtlarga bevosita taʼsir qiladi. Ushbu koʻrsatib oʻtilgan tashqi muhit omillari turlicha yoki oʻzaro bir yoʻnalishda suv oʻsimliklarining metabolizmiga taʼsir qilishi mumkin. Bunday muhit omillarining qurshovida boʻlgan suvoʻtlarning metabolitik jarayonlari albatta oʻzgaradi. Ularning ishlab chiqaradigan metabolitik mahsulotlari albatta boshqa suvdagi organizmlarning hayotiga ham bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladi. Shuning uchun aynan qaysi tashqi muhit omillari koʻproq suvoʻtlarning metabolizm jarayonida ahamiyatga ega ekanligini oʻrganish muhim

Fields of Study & Subjects

Aquatic Ecosystems and Phytoplankton Dynamics Marine Plankton and Biogeochemistry Environmental Toxicology and Ecotoxicology

Publication details

Journal / source
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND TECHNOLOGY
Volume
3
Issue
02
Pages
66–69
Publication date
6 March 2026
Language
UZ