DETERMINANTLAR VA MATRITSALAR YORDAMIDA NEFT VA GAZ TEXNOLOGIK JARAYONLARINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH

Read full text
Authors: G.Sh. Muhiddinova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada determinantlar va matritsalar yordamida neft va gaz sanoatida uchraydigan texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish masalalari yoritilgan. Chiziqli algebra elementlari asosida ishlab chiqarish jarayonlarining matematik modellari tuzilib, ularni tahlil qilish va yechish usullari ko‘rib chiqiladi. Xususan, chiziqli tenglamalar sistemalarini determinantlar yordamida yechish, matritsalar rangi va teskari matritsa tushunchalarining neft va gaz obyektlariga tatbiqi tahlil qilinadi. Maqolada neft va gaz konlarida moddiy balans, oqimlarni taqsimlash, texnologik sistemalarning barqarorligi va samaradorligini baholashda matritsaviy modellashtirishning ahamiyati asoslab berilgan. Nazariy tushunchalar amaliy misollar bilan boyitilib, ularning muhandislik hisob-kitoblarida qo‘llanish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari neft va gaz ishi yo‘nalishi talabalarida matematik modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda oliy matematika fanining kasbiy fanlar bilan integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Engineering and Agricultural Innovations Advanced Computational Techniques in Science and Engineering Education Innovation and Language Studies

Publication details

Journal / source
Advances in Science and Education
Volume
1
Issue
12
Pages
43–46
Publication date
5 January 2026