MOBIL TA’LIM ORQALI PROFESSIONAL RIVOJLANISH: ADDIE MODELI YORDAMIDA JARAYONNI OPTIMALLASHTIRISH YONDASHUVLARI
Abstract
Ushbu tadqiqot ADDIE (Analysis, Design, Development, Implementation, Evaluation) modeli asosida mobil ta’lim texnologiyalari orqali professional rivojlanish jarayonlarini optimallashtirishning samarali yondashuvlarini aniqlash va baholashga qaratilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida mobil texnologiyalar va tizimli o‘quv dizayni modellarining integratsiyasi pedagogik samaradorlikni oshirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqot sistematik adabiyotlar tahlili va meta-analiz yondashuvlariga asoslangan. Xalqaro va mintaqaviy ma’lumotlar bazalaridagi 2020-2025 yillar oralig‘idagi nashrlardan ADDIE modeli va mobil ta’lim texnologiyalari orqali professional rivojlanish bo‘yicha 45 ta ilmiy maqola tanlab olingan. Tadqiqot metodologik sifatni baholash uchun PRISMA va JBI yo‘riqnomalariga amal qilgan holda amalga oshirildi. ADDIE modelining har bir bosqichi (tahlil, dizayn, ishlab chiqish, joriy etish, baholash) bo‘yicha tematik va ramka tahlili usullari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ADDIE modeli asosida tashkil etilgan mobil ta’lim dasturlari o‘qituvchilar va professional xodimlarning bilim, ko‘nikma va amaliy kompetensiyalarini sezilarli darajada oshiradi. O‘rganilgan tadqiqotlarda qatnashchilarning o‘rtacha natijasi dastlabki 62.5 balldan 82.0 ballga oshgan (p
Fields of Study & Subjects
Mobile Learning in Education
Education and Professional Development
Human Resource Development and Performance Evaluation
Publication details
- Journal / source
- Advances in Science and Education
- Volume
- 2
- Issue
- 01
- Pages
- 65–70
- Publication date
- 18 January 2026