INSONNI ANGLASH VA HURMAT QILISH MADANIYATINI SHALLANTIRISHDA TARIXIY ATAMALAR OʻRNI
Abstract
Mazkur maqolada insonni anglash va hurmat qilish madaniyatini shakllantirish muammosi zamonaviy taʼlim-tarbiya tizimining ustuvor yoʻnalishi sifatida ilmiy-metodologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Inson shaxsiyati mutlaq yaxshilik yoki yomonlik doirasida emas, balki barqaror axloqiy amaliyot, maʼnaviy masʼuliyat va ijtimoiy munosabatlar tizimida namoyon boʻlishi asoslab berilgan. Maqolada inson fenomeni koʻp qatlamli, dinamik va doimiy shakllanib boruvchi maʼnaviy-ijtimoiy tizim sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda insonni baholashda tashqi belgilar yoki yakka holatlarga tayanish ijtimoiy adolatsizlik va maʼnaviy loqaydlikka olib kelishi, aksincha, insonni kundalik xulq-atvor va axloqiy pozitsiyasi asosida anglash ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashi ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, insonni tushunish faqat ratsional tahlil emas, balki maʼnaviy hamdardlik, hurmat va ichki yaqinlikni talab etishi koʻrsatib berilgan. Maqolada tarbiyaviy taʼlimda insonparvarlikka asoslangan yondashuvlarni joriy etishning ahamiyati ochibberilib, shaxsiy munosabatlar madaniyatini shakllantirish mexanizmlari yoritilgan. Inson qadrini eʼtirof etish, oʻz-oʻzini anglash va oʻz-oʻziga talabchanlik insonni adolatli baholashning asosiy sharti ekanligi taʼkidlangan. Ilmiy xulosalar taʼlim muassasalarida maʼnaviy barqaror muhitni shakllantirish va ijtimoiy munosabatlarda insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlash uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Values and Moral Education
Language and Culture
Philosophy and Historical Thought
Publication details
- Journal / source
- Advances in Science and Education
- Volume
- 2
- Issue
- 01
- Pages
- 136–139
- Publication date
- 29 January 2026