PEDIATRIYA TALABALARI UCHUN TIBBIY VA BIOLOGIK FIZIKA FANINING TUZILISHI, MAZMUNI VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARI

Read full text
Authors: GULNOZA SOYIBJONOVNA QOSIMOVA
Cited by: 0

Abstract

Ushbu sharh maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasasida birinchi kurs “Pediatriya” yo‘nalishi talabalari uchun o‘qitiladigan fundamental fan - “Tibbiy va biologik fizika” kursining tuzilishi va mazmuni tahlil qilinadi. Mazkur fanning asosiy maqsadi pediatriya yo‘nalishida qo‘llaniladigan fizik qonuniyatlar, jarayonlar va hodisalar bo‘yicha boshlang‘ich nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Kurs dasturi pediatriya talabalari uchun amaliyot jarayonida zarur bo‘lgan kompetensiyalar hisobga olinib ishlab chiqilgan va soha mutaxassislari bilan kelishilgan. Darslar talabalarga nazariy materialni chuqur o‘rganish, pediatrik vaziyatli masalalarni tahlil qilish hamda laboratoriya ishlari orqali amaliy ko‘nikmalarni egallash imkonini beradigan tarzda tashkil etilgan. Talabalar mustaqil ishiga va o‘quv materiali o‘zlashtirilishini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Bo‘lajak pediatrlar uchun tibbiy va biologik fizikani o‘qitish zamonaviy tibbiyotda qo‘llaniladigan tibbiy texnologiyalar va metodlarni samarali o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Outcomes Science and Education Research Innovations in Medical Education

Publication details

Journal / source
Advances in Science and Environment
Volume
2
Issue
01
Pages
29–32
Publication date
18 January 2026