TO‘G‘AY MUROD NASRIDA MUALLIF VA O‘QUVCHI MUNOSABATINING PRAGMATIK TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada To‘g‘ay Murod nasrida muallif va o‘quvchi o‘rtasida yuzaga keladigan pragmatik munosabatlar tizimli tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozuvchining badiiy matnda yashirin nutq aktlari, implikatsiya, presuppozitsiya va boshqa pragmatik vositalar orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish usullari aniqlanadi. Shuningdek, maqolada milliy madaniy kontekst va o‘quvchining lingvistik tajribasi pragmatik ma’noni shakllantirishdagi ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, To‘g‘ay Murod ijodida muallif-oqvchi munosabatlari faqat badiiy matnni qabul qilishdan iborat bo‘lmay, balki interaktiv kommunikativ jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Fields of Study & Subjects
Linguistics and Discourse Analysis
Linguistics and Language Analysis
Language
Discourse
Communication Strategies
Publication details
- Journal / source
- Advances in Science and Humanities
- Volume
- 2
- Issue
- 01
- Pages
- 6–10
- Publication date
- 18 January 2026