EVFEMIZMLARNING UMUMTILSHUNOSLIKDAGI TADQIQI
Abstract
Til ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlarni yuzaga chiqaradi. U olamni anglash, borliqni idrok etish va ijtimoiy aloqalarni ta’minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Shu bois jahon tilshunosligida tilshunoslarning asosiy e’tibori til tizimi va uning tarkibiy tuzilishi, mazmuniy maydoni va uni yuzaga chiqaruvchi leksik-lisoniy birliklar, bu birliklarning ifoda imkoniyatlari hamda kommunikativ xususiyatlarini o‘rganish masalalariga qaratildi. Tilshunoslikning tarihiy bosqichlarida tilshunos olimlar tomonidan “til va borliq”, “til va tafakkur”, “til va inson” omili xususida qator tadqiqotlar yaratildi. Bu ilmiy izlanishlarda tilning o‘ziga xos jihatlari, ijtimoiy, madaniy, estetik va kommunikativ xususiyatlari tadqiqiga keng e’tibor qaratildi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, bugungi kun tilshunosligida turli xalqlarning muloqot madaniyati va til strategiyalarining umumiy manzarasini yuzaga chiqaruvchi leksik-lisoniy birliklar, xususan, evfemizmlarni lingvomadaniy aspekda o’rganish davr talabiga aylandi. Chunki xalqlar madaniyati, urf-odatlari va madaniy o’ziga xos xususiyatlarini namoyon bo’lishida evfemizmlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Fields of Study & Subjects
Language and Culture
Linguistic research and analysis
Linguistics and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- Advances in Science and Humanities
- Volume
- 2
- Issue
- 04
- Pages
- 95–99
- Publication date
- 5 March 2026