QOZILIK INSTITUTI VA IQTISODIY FUNKSIYALARI: TARIXIY VA HUQUQIY TAHLIL

Read full text
Authors: Karimov Kahramon Sadikovich
Cited by: 0

Abstract

Maqola qozilik institutining jamiyatdagi iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashdagi oʻrnini tahlil qiladi. Unda qozilik institutining huquqiy va tashkiliy mexanizmlari, kadrlar siyosati va strategik rejalashtirishning ahamiyati, ularning jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimini shakllantirishdagi roli muhokama qilinadi. Maqolada qozilik institutning tarixiy va huquqiy asoslari, iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, mol-mulk huquqlarini himoya qilish va huquqiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan strategik maqsadlari ham tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy usullari huquqiy, iqtisodiy va tarixiy tahlilga asoslanib, arxiv materiallari, qonunlar, huquqiy hujjatlar va ilmiy adabiyotlardan foydalaniladi. Maqola qozilik institutining samarali faoliyati uchun malakali kadrlarni tayyorlash va strategik boshqaruvning ahamiyatiga urgʻu beradi. Mahsulan, qozilik institutining huquqiy tartibni saqlash, iqtisodiy munosabatlarni barqarorlashtirish va ijtimoiy adolatni taʼminlashdagi roli yoritiladi.

Fields of Study & Subjects

Administrative Law and Governance Public Administration and Governance Legal Systems and Judicial Processes

Publication details

Journal / source
Advances in Science and Humanities
Volume
2
Issue
04
Pages
120–123
Publication date
5 March 2026
Language
UZ