OʻZBEKISTONDAGI YORUGʻLIK MUHITINI OʻRGANISHDA OPERATOR DANEIL DEMUTSKIYNING KUZATUVLARI VA UNING KINO TASVIR ESTETIKAGA TA’SIRI
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda kino san’ati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida yorugʻlik muhiti va tabiiy yoritish hodisalarini badiiy tasvir vositasi sifatida anglash jarayonida operator Daneil Demutskiyning kuzatuvlari hamda uning kino tasvir estetikasiga koʻrsatgan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Demutskiyning “monokl” linzali obyektiv orqali hosil qilgan yumshoq va nisbatan tumanli tasvir uslubi, yorugʻlikning tarqalishi, suvdagi miltirash, ko‘zgudagi aks, soya harakati kabi tabiiy vizual jarayonlarni aralashuvsiz kuzatish tamoyili asosida shakllangan badiiy yondashuv yoritiladi. Shuningdek, mazkur estetik qarashlarning XX asr birinchi yarmida kino san’atida vizual poetika kuchayishiga, xususan, kino-impressionizmi yo‘nalishining shakllanishiga bo‘lgan ta’siri asoslab beriladi. Maqolada operatorlik qarashlari va yorugʻlik fenomenining kino tilidagi ifodasi oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik ochib berilib, Demutskiy tajribalarining milliy kino tarixidagi estetik ahamiyati ilmiy xulosalar bilan umumlashtiriladi
Fields of Study & Subjects
Cinema History and Criticism
Ethics
Aesthetics
and Art
Visual Culture and Art Theory
Publication details
- Journal / source
- Oriental Art and Culture
- Volume
- 7
- Issue
- 01
- Pages
- 112–121
- Publication date
- 10 February 2026
- Language
- UZ